AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning 3 ta tumanida gaz o`chiriladi

'Ertaga Toshkentning 3 ta tumanida gaz o`chiriladi'ning rasmi

Uchtepa tumanining ayrim mahallalari 2 fevral soat 11:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta`minotidan uzib turiladi.

Xususan, tumanning 50 ta aholi xonadonlarida hamda 1 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Bu haqda "Hududgaz Toshkent" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Hududgaz Poytaxt" GTF tomonidan “Algoritm” mavzesida joylashgan er usti o`rta bosimli D - 57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib boriladi.

Shuningdek, Yangihayot tumani, Uzar ko`chasida joylashgan er osti o`rta bosimli D - 159 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2 fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Uzar ko`chasidagi 45 ta ko`p qavatli uylardagi 2520 ta xonadonda hamda 4 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Sergeli tumani, “Daryo bo`yi” mahallasidan o`tgan o`rta va past bosimli gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari “Sergelitumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan bo`lib, 2 fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi 1199 ta xonadonda hamda 115 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF etkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar