AsosiyJamiyat

"Kinoteatr" kanalida ketgan "Baunti": bir mas`ul ishdan olindi, rahbarga esa xayfsan

'"Kinoteatr" kanalida ketgan "Baunti": bir mas`ul ishdan olindi, rahbarga esa xayfsan'ning rasmi

Sal avval Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan «Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar yuzasidan ekspertlar jalb qilingan holda o`rganish olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ayni paytda Agentlik telekanal mas`ullariga chora ko`rilgani haqida xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, «Kinoteatr» telekanali Efirga tayyorlash guruhi mas`uli A. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.  Telekanal mutasaddi rahbari N.B.ga esa «hayfsan» jazosi qo`llanildi.

"Telekanal Badiiy kengashi tomonidan teledasturlar saviyasi ekspertlar ishtirokida atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik yuzasidan tashkiliy, ijodiy-texnik chora-tadbirlar belgilandi", deyilgan rasmiy xabarda

    Boshqa yangiliklar