Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “C.i.” sug`urta kompaniyasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, kompaniyaning Andijon sug`urta markazi filiali sobiq direktori A.Yu. bank muassasalariga bir xil raqamli polislarni bir necha marotaba taqdim qilish va sug`urta polislarini sotuvidan tushgan 436,2 mln so`m sug`urta pullarini kompaniya hisob-raqamiga kirim qilmasdan, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






