AsosiyJinoyat

Andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o`ldirib ketildi

'Andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o`ldirib ketildi'ning rasmi

O`zbekiston bo`ylab haydovchilarga bosqinchilik qilib yurgan xavfli guruhlar haqida xabaringiz bor.  Kecha, 10 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ana shunday jinoiy guruhning bir necha vakillari qo`lga olingani haqida xabar bergan edi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan xabarga ko`ra, Andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o`ldirib ketilgan.

Aniqlanishicha, 8 yanvar kuni Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan 1991 yilda tug`ilgan farzandi M.Otaxonovni topishda amaliy yordam so`ragan.

M.Otaxonov “Kobalt” rusumli avtomashinasida “Andijon-Toshkent” yo`nalishida qatnab, aholiga pullik transport xizmati ko`rsatib kelgan.

M.Otaxonov 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11.650 AQSh dollarini Toshkent shahridagi tanishiga olib borib berish uchun olgan hamda notanish bo`lgan 3 nafar yo`lovchilar birga o`z avtomashinasida Toshkent shahri yo`nalishida ketib, bedarak yo`qolgan.

M.Otaxonovni qotillik qurboni bo`lishi mumkinligini inobatga olib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi avtoturargohda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo`qon shahar hudidan ushlangan va tergovga jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar