AsosiyJamiyat

Ba`zi hududlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo`lga qo`yiladi

'Ba`zi hududlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha,  O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022 y.) qabul qilindi.

Unga muvofiq, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg`ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo`limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo`shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

Adliya vazirligi:

  •  2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg`onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo`limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
  • 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo`limini zarur texnikalar bilan ta`minlaydi;
  •  2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta`minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditasiyadan o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar