AsosiyJamiyat

Nodavlat ta`lim tashkilotlarida ham qishki ta`til 24 yanvarga qadar uzaytirildi

'Nodavlat ta`lim tashkilotlarida ham qishki ta`til 24 yanvarga qadar uzaytirildi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta`limi vazirligining nodavlat ta`lim tashkilotlarida ham qishki ta`til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish bo`yicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan ma`qullandi.

Shu munosabat bilan, nodavlat ta`lim tashkilotlarida 2022 yil 24 yanvarga qadar o`quv jarayoni tashkil qilinmaydi.

"Ta`til davrida o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish,  ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual o`yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki ta`minlash maqsadga muvofiq", - deyilgan xabarda. 

Boshqa yangiliklar