Fransiyalik himoyachi Samuel Umtiti qishki transfer oynasida "Barselona" jamoasini tark etmasligi ma`lum bo`ldi.
Ma`lum bo`lishicha, Umtiti "Barselona" bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnomasi muddatini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
O`z navbatida futbolchi yangi shartnomaga ko`ra, maoshi qisqargan.
Ushbu shartnoma uzaytirilgani orqali "Barselona" Ferran Torresni Ispaniya professional futbol ligasidan ro`yxatdan o`tkazishga muvaffaq bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, 28 yoshli Umtiti 2016 yilda "Lion"dan Kataloniya klubiga kelib qo`shilgandi.






