"Paxtakor" jamoasini o`tgan mavsumda boshqargan gollandiyalik mutaxassis bilan shartnoma uzaytirilmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, "Paxtakor" klubi tizimida 4,5 yil ishlagan va 2021 yil bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirmasligi to`g`risida klub rahbariyati qaror qildi. "Paxtakor" futbol klubi Piter Xyuistra va u bilan birga mehnat qilgan Gocha Tkebuchava va Laslo Yamborga jamoamizda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
Tez orada jamoamizning yangi bosh murabbiyi nomi e`lon qilinadi", - deyiladi klub xabarida.






