Bu haqda Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag`batlantirish tartibini joriy etish to`g`risida"gi qarorda belgilangan.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 martdan boshlab mahalla ishida faol ishtirok etgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to`lovlar bo`yicha BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensasiya pul beriladi.






