AsosiyDunyo

BAA emlanmagan fuqarolarining xorijga chiqishini taqiqladi

'BAA emlanmagan fuqarolarining xorijga chiqishini taqiqladi'ning rasmi

Hukumat qarori 10- yanvardan kuchga kiradi.

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmagan fuqarolarning xorijga chiqishini taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi. 

"Favqulodda vaziyatlar, inqirozlar va tabiiy ofatlar bo`yicha milliy ma`muriyat bilan kelishilgan holda, 10 yanvardan boshlab COVID-19 vaksinalari bilan emlanmagan BAAning barcha fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlanadi", — deyiladi vazirlik xabarida.

Bunday qarorni mamlakat hukumati dunyoning ko`plab mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi yuqoriligi sababli qabul qilingan. Emlanmaganlar uchun chet elga chiqish faqat tibbiy sabablarga ko`ra emlash mumkin bo`lmaganlar, shuningdek, "gumanitar holatlarda" va davolanish uchun sayohat qilganlar uchun ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar