SSV bergan xabarga kra, 2021 yilda O`zbekistondagi yagona tajriba — yuqori texnologik ko`p tomirli aorto-koronar shuntlash operasiyasi bajarildi.
E`tiborlisi, ularning 98 foizi ishlab turgan yurakda o`tkazilgan.
Mamlakatimizda ilk bor koronar arteriyalari va bosh miyaning ekstrakranial qon tomirlarida bir vaqtning o`zida bajariladigan gibrid hamda simultant operasiyalar o`tkazilishi yo`lga qo`yilgan.
2021 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib, bosh miyaning qon tomir nuqsonlarini diagnostika qilish va xirurgik davolashning eng zamonaviy yuqori texnologik usullari tadbiq qilingan.
Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35 ta tumanlararo qo`shma shikastlanishlar hamda o`tkir qon-tomir kasalliklari markazi tashkil etilishi belgilanib, 15 tasi 2021 yilda ishga tushirilgan.






