NTV bergan xabarda diametri deyarli 400 metr va og`irligi 30 tonnaga yaqin bo`lgan ushbu asteroid erga 2029 yilda kelib urishi mumkin.
VNII GOChS ma`lumotlariga ko`ra, samoviy jism geostasionar yo`ldoshlar orbitalari masofasiga yaqinlashadi va hatto sayyoramiz bilan to`qnashishi mumkin.
Agar bu sodir bo`lsa, to`qnashuv joyidan 10 kilometr radiusda zilzila kuchi Rixter shkalasi bo`yicha 6,5 ballga etishi kutilmoqda. Shamol tezligi esa soniyasiga kamida 790 metrni tashkil qiladi. Ammo hozircha, mutaxassislarning fikricha, xavotirga o`rin yo`q – yaqin 100 yil ichida asteroid orbitasi o`zgarmasa, erliklar uchun xavf tug`lmaydi.






