Taraqqiyot strategiyasida kambag`allikni qisqartirish bo`yicha belgilangan vazifalar doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to`rtinchi sinf o`quvchilarini Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta`minlash yo`lga qo`yiladi.
Bu haqda Prezidentning "Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi to`g`risida"gi farmoni loyihasi aytilgan.
Xalq ta`limi vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2022 yil 1 apreldan boshlab bepul ovqat bilan ta`minlashni tashkil etish bo`yicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablag`lar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o`rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo`yicha aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.






