Niko Kovach "Monako" bosh murabbiyligini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 50 yoshli xorvatiyalik murabbiy klubni 2020 yil yozidan beri boshqarayotgan edi.
Uning iste`fosiga chiqishiga jamoada individual o`sish kuzatilmagani va ichki muhit yaxshimasligi sabab qilib ko`rsatilgandi.
Ma`lumot uchun "Monako" Fransiya chempionatida 19-turdan so`ng 29 ochko bilan 6-o`rinni egallab turibdi.






