"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Klopp topshirgan test "ijobiy" natija ko`rsatgan. Germaniyalik mutaxassis o`zini izolasiya qilgan.
Endilikda u 2 yanvar kuni "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda jamoasini boshqara olmaydi. Ushbu bahsda jamoani Kloppning assistenti Pep Linders boshqaradi.






