2022 yil ShHTga boshchilik qiladigan O`zbekiston 80 dan ortiq xalqaro tadbirlar o`tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "TASS" ma`lum qildi.
Toshkent tashkilot doirasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish hamda uning xavfsizlik sohasidagi salohiyatini mustahkamlashni ustuvor yo`nalishlar sifatida belgilab olgan. Shu bilan birga raqamli texnologiyalar va innovasiyalarni rivojlantirish mexanizmlarini yaratish orqali ShHT kun tartibini kengaytirish ko`zda tutilmoqda. Bundan tashqari, randemiya davom etayotgan bir sharoitda sog`liqni saqlash yo`nalishida muloqotni davom ettirish dolzarbligicha qolgan.
O`zbekiston hukumati tashkilotga rahbarlik qilish davri uchun maxsus “yo`l xaritasi” va konsepsiya ishlab chiqqan. eng yuqori darajada o`tkazilishiga hech qanday shubha yo`q”, – deya ta`kidlagan O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abldulaziz Komilov.
ShHTga a`zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. Komilovning so`zlariga ko`ra, bu uchrashuv tashkilot salohiyatini amalga tadbiq qilishga yangi imkoniyatlar ochadi, uning roli va ahamiyatini mustahkamlaydi






