AsosiyJamiyat

Prezident qarori bilan eko qo`mitaning asosiy vazifalari belgilandi

'Prezident qarori bilan eko qo`mitaning asosiy vazifalari belgilandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi  qarori bilan Davlat ekologiya qo`mitasining yangi asosiy vazifalari belgilandi.

Ular:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta`sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta`minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam ko`rsatish va ko`maklashish, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo`lgan huquqlarini ta`minlash;

atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob`ektlarning muhofaza qilinishini ta`minlash;

o`simlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yig`ish, tashish, utilizasiya qilish, qayta ishlash va ko`mish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;

atmosfera havosi, er, er osti boyliklari, suv, o`rmonlar, hayvonot va o`simlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o`rnatish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo`nalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targ`ibot va ta`lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta`lim muassasalari faoliyatiga ko`maklashish.

    Boshqa yangiliklar