AsosiyJamiyat

Navoiy viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

'Navoiy viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi'ning rasmi

Pirnafasov Bektemir Saidovich Navoiy viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta`minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko`ra amalga oshirildi.

B.Pirnafasov tayinlovga qadar “Do`stlik bayrog`i” va “Znamya drujb” gazetalari tahririyati bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan.

Boshqa yangiliklar