2021 yilning so`nggi kunida yurtimizda 125 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, ketma-ket uchinchi kun kasallikdan o`lim holati qayd etilmadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil 31 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199030 (+127) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
12 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
14 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
7 nafari Farg`ona viloyatida,
13 nafari Xorazm viloyatida,
30 nafari Toshkent viloyatida,
34 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
🔹Andijon viloyatida 14 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 12 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 6 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 3 nafar,
🔹Namangan viloyatida 1 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 18 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
🔹Farg`ona viloyatida 9 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 16 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 27 nafar,
🔹Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 196218 (+206) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.






