O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 8-13 ° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esad. Havo harorati 8-10° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° iliq bo`ladi.






