AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari O`zbekistonning Xitoydagi Elchisi etib tayinlandi

'Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari O`zbekistonning Xitoydagi Elchisi etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Nuritdinovich Arziev O`zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, F.Arziev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba to`plagan.

2014-2017 yillarda. – O`zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi.

2017-2020-yillarda – O`zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Dehli shahrida)

2020-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

    Boshqa yangiliklar