AsosiyJamiyat

Bayram kunlarida ishga jalb qilingan xodimlarga kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi — Adliya vazirligi

'Bayram kunlarida ishga jalb qilingan xodimlarga kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi — Adliya vazirligi'ning rasmi

Xabaringiz bor Prezidentning tegishlii Farmoniga muvofiq, 2022 yilda dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko`ra, 2022 yilda 3 yanvar —dushanba, 4 yanvar —seshanba qo`shimcha dam olish kuni etib belgilandi. O`tgan yilga Farmonga ko`ra esa 31 dekabr ham dam olish kuni va o`zbekistonliklar bu yil Yangi yil bayramida 5 kun dam oladi. Biroq ayrim xodimlarga mazkur kunlarda navbatchilik to`g`ri kelishi yoxud ishga chiqishga majbur bo`lishi mumkin. 

 Adliya vazirligi Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.

 Amaldagi tartibga ko`ra, xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bo`yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo`yicha yo`l qo`yiladi.

Shuningdek, ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko`ra ishni to`xtatib turish mumkin bo`lmagan joylarda, aholiga xizmat ko`rsatish zarurati bo`lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo`lmaydigan ta`mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo`l qo`yiladi.

 

    Boshqa yangiliklar