AsosiyJamiyat

Tezkor avtotransport voqea joyiga etib borishi uchun yashil chiroqni kutib o`tirmaydi yoki radar qo`yilgan hududda sekin yurmaydi — IIV matbuot kotibi

'Tezkor avtotransport voqea joyiga etib borishi uchun yashil chiroqni kutib o`tirmaydi yoki radar qo`yilgan hududda sekin yurmaydi — IIV matbuot kotibi'ning rasmi

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda ichki ishlar organlarining xizmat avtotransportlari bilan bog`liq qoidabuzarliklar, xususan yuqori tezlik bilan radarga tushgan IIV tizimidagi avtotransport vositalari haqida xabarlar paydo bo`lmoqda. Holat yuzasidan IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov munosabat bildirdi. 

"Huquqni qo`llash jarayonidagi oxirgi zarurat haqida ko`p marotaba ta`kidlanganiga qaramay, tezkor xizmat avtomashinalarining qoidabuzarliklarini axborot makonida ayb sifatida pesh qilish yoki noxolis yondashuv kabi alamzadalik kayfiyati takrorlanib kelayotgani achinarli hol albatta.

Yana bir bor qaytaramiz, tezkor va maxsus xizmatlarning avtotransportlari xizmat majburiyati tufayli, oxirgi zarurat sifatida qoidalarga rioya qilmasliklariga yo`l qo`yiladi. Bu holatlar qoidabuzarlik hisoblanmaydi va haydovchi jarimadan ozod qilinadi. Albatta har bir fakt tegishli tartibda o`rganilib, unga huquqiy baho berilgandan so`ng.

Soddaroq aytilganda, agar sizga yoki yaqinlaringizga jinoiy tajovuz bo`lsa, tezkor avtotransport voqea joyiga etib borishi uchun yashil chiroq yonishini kutib o`tirmaydi yoki radar qo`yilgan hududda ataylab sekin yurmaydi.

Ushbu mavzuga qiziqayotganlar yoki masalani tushunmayotganlar bo`lsa, IIV Axborot xizmati rahbari Sh.G`iyosovga aloqaga chiqishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar