AsosiyJamiyat

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga o`rinbosar tayinlandi

'Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Adliya vaziriga o`rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, Muxammadiev Aktam Zayniddinovich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o`rinbosari etib tayinlandi.

Ma`lum qilinishicha, A. Muxammadiev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan, ma`lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muxammadiev o`z mehnat faoliyatini 2001 yilda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  etakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas`ul lavozimlarida ishlagan.

2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgani aytiladi. 

    Boshqa yangiliklar