AsosiyJinoyat

Jizzaxda bank xodimi o`g`ri bo`lib chiqdi

'Jizzaxda bank xodimi o`g`ri bo`lib chiqdi'ning rasmi

Jizzax shahrining "Do`stlik" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi shaxs Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan noma`lum shaxs 8 million so`m pullarini echib olganini bildirgan. Bu haqda  viloyat IIBga tayanib Zamon.uz' xabar berdi. 

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyat jabrlanuvchi mijoz bo`lgan bankning chakana xizmatlar bo`limi boshlig`i, Jizzax shahrining "Uchariq" mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Bildirilishicha, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini o`margan. Jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming so`m zarar etkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar