AsosiySport

CAVAni rivojlantirish bo`yicha 2022 yilga mo`ljallangan maxsus takliflar ilgari surildi

'CAVAni rivojlantirish bo`yicha 2022 yilga mo`ljallangan maxsus takliflar ilgari surildi'ning rasmi

Bangladeshda CAVAning yillik umumiy yig`ilishi yakunlandi. Bu haqda O`zbekiston Turizm va sport vazirligi ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bangladeshning Dakka shahrida Markaziy Osiyo voleybol assosiasiyasi (CAVA)ning har yili bo`ladigan umumiy yig`ilishi doirasida assosiasiyaning kelgusi rejalari, yuqori natijalarga qaratilgan yangi g`oyalar, mavjud muammolarning aniq echimlari borasida o`zaro fikr almashildi.

"Sheraton Dakka" mehmonxonasida bo`lib o`tgan tadbirda assosiasiyaga a`zo barcha 14ta mamlakatdan vakillar, jumladan 8ta milliy federasiya va 6ta federasiyaning ishonchli vakillari ishtirok etgan.

CAVA prezidenti, maldivlik janob Muhammad Latif tadbir ochilishida nutq so`zlab, barcha assosiasiya a`zolarini qutlagan holda uchrashuvga muvaffaqiyat tilagan. 

Shuningdek, Atikulni CAVA tarixidagi eng katta musobaqa – AVC Markaziy Zona "Challenge CUP-2021" musobaqasiga mezbonlik qilgani bilan tabriklagan

Dastlabki yig`ilishda 8-Milliy voleybol federasiyasining 1-delegati ishtirokchilar oldida so`zga chiqib, federasiyalar o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo`yicha o`zining fikrlari va intilishlarini bayon etgan. Shuningdek, yig`ilishda federasiya a`zolariga tashakkurnomalar topshirilgan. Musobaqada ishtirok etgan barcha 11ta terma jamoaga ehtirom sifatida kuboklar taqdim etilgan.

Yig`ilishda O`zbekiston voleybol federasiyasi 2021 yilda 4ta turnir o`tkazish imkoniyatini qo`lga kiritgani aytiladi. Federasiya Bosh kotibi Xusan Nasrullaev esa CAVA prezidentidan sovg`a qabul qilib olgan.

CAVA prezidenti Muhammad Latif ikkinchi yig`ilishdagi nutqida esa u 14ta milliy federasiyadan 13tasida milliy terma jamoalar mavjudligini e`lon qildi hamda uning vazifasi 2022 yil oxirigacha CAVAda 14ta milliy terma jamoaga ega bo`lishini qo`shimcha qilib o`tgan

Ikkinchi sessiyada janob Atikul Islom Bangladesh har doim milliy federasiyalarga yordam va ko`mak berishga tayyor ekanligini, uchrashuv hamda musobaqaga mezbonlik qilish imkoniyatidan juda minnatdor ekanini aytadi.

Shuningdek, yig`ilishda CAVA prezidenti tashkilotni mintaqadagi birinchi raqamli assosiasiyaga aylantirish maqsadida 2022 yilga mo`ljallangan CAVAni rivojlantirish bo`yicha 4ta maxsus taklifni ilgari suradi. Takliflar quyidagilardan iborat:

1. 2022 yil uchun daromadlar va budjet,

2. 2022 yilgacha rivojlanish dasturi,

3. 2022 yil uchun tadbirlar taqvimi,

4. Uchrashuvni translyasiya qilishni taklif qilish.

Daromad va budjet taklifida CAVA prezidenti 2022 yilgacha taxminan 130 ming dollar yig`ishni bashorat qilgan va jamg`arma federasiyalarni rivojlantirishga yo`naltirilishini qayd etgan.

2022 yil uchun tadbirlar taqvimi tasdiqlangan va quyida ko`rsatilganidek, 11ta voleybol va 4ta plyaj voleyboli musobaqalarini o`tkazishga kelishib olingan:

1. Markaziy Osiyo voleybol ligasi CAVA (erkaklar);

2. Markaziy Osiyo voleybol ligasi CAVA (ayollar);

3. CAVA Janubiy Osiyo voleybol ligasi (erkaklar);

4. CAVA Janubiy Osiyo voleybol ligasi (ayollar);

5. Voleybol bo`yicha CAVA Millatlar ligasi (erkaklar);

6. Voleybol bo`yicha CAVA Millatlar ligasi (ayollar);

7. CAVA voleybol Challenge CUP (erkaklar);

8. CAVA voleybol Challenge CUP (ayollar);

9. CAVA voleybol Chempionati U-17 (qizlar).

    Boshqa yangiliklar