AsosiyDunyo

2021 yilda dunyoda nechta yangi milliarder paydo bo`lgani ma`lum qilindi

'2021 yilda dunyoda nechta yangi milliarder paydo bo`lgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2021 yilda dunyoda 400 nafar yangi milliarder paydo bo`ldi. Bu haqda Forbes xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ayni vaqtda dunyoda 2600 nafardan ko`proq milliarder borligi aytilmoqda. Ularning umumiy boyligi 14 trillion dollarga yaqin ekani ma`lum qilindi.

Yangi milliarderlarning ko`pchiligini Xitoy ekani ma`lum qilingan. Jumladan, bir yil davomida 160 nafar yangi milliarder paydo bo`lgan. AQSh 2-o`rinda bo`lib, 2021 yilda 100 nafar yangi boy chiqqan. Undan keyingi o`rinlarda Hindiston va Germaniya (20 nafardan), Shvesiyada 12 nafar yangi milliarder paydo bo`lgan.

2021 yildagi yangi milliarderlar ishlab chiqarish, texnologiyalar hamda moliya va investisiya orqali boyligini ko`tarishga muvaffaq bo`lgan. 

Boshqa yangiliklar