Kecha O`zbekistonda 140 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, yana 200 nafarga yaqin bemor kasallikdan sog`aydi.
Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, 28 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198626 (+139) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 10 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 9 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg`ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 38 nafari Toshkent viloyatida,
- 50 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1485 nafarni tashkil qildi.






