Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan O`zbekistonga qiymati 121,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2,5 mln. tonna sement import qilingan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 286,4 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning 11 oyida O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozog`iston – 1,1 mln. tonna
Tojikiston – 722,2 ming tonna
Qirg`iz R. – 642,5 ming tonna
Eron – 53,1 ming tonna
Turkmaniston – 35,6 ming tonna
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan eng ko`p sement import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 1,2 mln. tonna
- Farg`ona viloyati – 433 ming tonna
- Andijon viloyati – 371 ming tonna
- Namangan viloyati – 160 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 124 ming tonna
- Toshkent viloyati – 99 ming tonna
- Jizzax viloyati – 73 ming tonna
- Samarqand viloyati – 26 ming tonna
- Buxoro viloyati – 12 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati – 10 ming tonna
- Sirdaryo viloyati – 8 ming tonna






