Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qilmoqda.
Kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, advokatlik lisenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko`rib chiqiladi (ilgari 20 ish kuni edi).
Shuningdek, vasiylik va homiylik qilishga to`sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro`yxati belgilandi (ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi).
Qayd etilishicha, endilikda tadbirkorlikni qayta ro`yxatdan o`tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to`lanmaydi.
Shu jumladan, tadbirkorlikni ro`yxatdan o`tkazish uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig`im undiriladi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida undirilgan).






