Rossiya Federasiyasida doimiy mashg`ulot olib boradigan yosh short-trekchilarimiz o`z yosh toifalarida o`tkazilgan navbatdagi musobaqada g`alaba qozonishdi.
Tver shahrida o`tgan “Yosh yuguruvchi” mintaqalararo musobaqasida qatnashgan Alimardon Mahmudov 4 yo`nalishda g`alaba qozondi. Yosh sportchimiz 222, 333, 500 va 2000 metr masofalarga kechgan bahsda o`z tengqurlari orasida (11 yosh) marra chizig`ini birinchi bo`lib kesib o`tdi.
Ma`lumot uchun, Alimardonning ukasi Alisher Mahmudov ham u bilan birgalikda mashg`ulot olib boradi. Yosh short-trekchilarimizning kelgusi faoliyatida ham ularga omad tilab qolamiz.






