SSV bergan xabarga ko`ra, 25 dekabr mamlakatimiz hududlari bo`ylab 179 801 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 28 629 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 103 354 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 47 818 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 38 500 956 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 18 731 044 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 13 133 697 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 6 636 215 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash qo`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (31 836 doza),
- Toshkent shahri (23 938 doza),
- Farg`ona viloyati(21 280 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 87,3 foizni tashkil qilmoqda.






