2021 yil 25 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198242 (+143) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 11 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 18 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Farg`ona viloyatida,
- 11 nafari Xorazm viloyatida,
- 34 nafari Toshkent viloyatida,
- 40 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 18 nafar,
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Jizzax viloyatida 12 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 16 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 3 nafar,
- Farg`ona viloyatida 5 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Toshkent viloyatida 30 nafar,
- Toshkent shahrida 75 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 195193 (+189) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1479 nafarni tashkil qildi.






