AsosiyJamiyat

Quyuq tuman tufayli bugun Toshkentdan uchadigan samolyot Andijonga qo`nmaydi

'Quyuq tuman tufayli bugun Toshkentdan uchadigan samolyot Andijonga qo`nmaydi'ning rasmi

«Uzbekistan Airways» AJ xabar berishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina   2021-yilning 24-dekabr kuni HY091/Toshkent-Andijon aviaqatnovi Toshkent-Farg`ona muqobil yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilishini ma`lum qiladi, HY092/ Andijon - Toshkent qatnovi esa Farg`ona shahridan amalga oshiriladi.  

Quyidagilar qo`shimcha qilinmovda:  

HY-091 qatnovining jo`nab ketish vaqti soat 14:00 ga o`zgartirildi.

HY-092 qatnovining jo`nab ketish vaqti esa soat 16:00 ga o`zgartirildi.  

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Andijon va Farg`ona aeroportlari o`rtasida transfer harakat tashkil etiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar