AsosiySport

O`zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislar jalb etilmoqda

'O`zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislar jalb etilmoqda'ning rasmi

 UFA hamda Yaponiya futbol assosiasiyasi o`rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirishga mo`ljallangan navbatdagi muzokaralar o`tkazildi.  Videoanjuman shaklida bo`lib o`tgan ushbu uchrashuvda  ikki mamlakat futbolini rivojlantirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, o`zaro tajriba almashish, shuningdek, O`zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilingan.

"Dastlabki muzokaralarda UFA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O`zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi va hududiy akademiyalarning texnik direktorligi lavozimi uchun Yaponiyaning tajribali mutaxassislar xizmatlaridan foydalanish tashabbusi bilan chiqqan edi.

O`z navbatida Yaponiya futbol assosiasiyasi ham bu taklifni qo`llab-quvvatladi va O`zbekiston bilan hamkorlik qilish har ikkala davlat uchun ham foydali ekanligini ma`lum qildi",-deya xabar bermoqda O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi.

Kelishuvga ko`ra, ayollar terma jamoasiga nomzod bosh murabbiy va uning yordamchisi kelasi yilning yanvar oyida, hududiy akademiyalarning texnik direktori esa fevral oyida O`zbekistonga kelishi kutilmoqda. Mazkur mutaxassislarga ayollar futbolini rivojlantirish tizimini yo`lga qo`yish va mashg`ulotlarni ilmiy-tahliliy yondashuv dasturlari asosida tashkil etish kabi vazifalar yuklatiladi.

    Boshqa yangiliklar