Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda soccer.ru xabar berdi.
Qayd etilishicha, 55 yoshli mutaxassis 2024 yilga qadar yangi shartnoma imzoladi. U 2017 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Ma`lumot uchun, Dalich qo`l ostida Xorvatiya terma jamoasi JCh-2018da finalga qadar etib borgan hamda hal qiluvchi bahsda Fransiyaga yutqazib qo`ygan.






