Natijada "Damas" haydovchisi va bir nafar yo`lovchi vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda "Qoraqata" posti yaqinida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ag`darilib ketgani aytilayotgan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyatidan o`tuvchi A-379 avtomobil yo`lida "Damas" rusumli avtomashina qarama qarshi tomonga chiqib ketib harakatlanib kelayotgan “DAF” rusumli yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada "Damas" rusumli avtomashinada bo`lgan haydovchi va bir nafar yo`lovchi vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






