Bugun Toshkentda start olgan og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida ilk g`oliblar ma`lum bo`ldi.
Bugun o`ynalgan ilk medallar jamlanmasi erkaklar o`rtasida -55 kg vazn toifasida o`z egalarini topdi.
Dast ko`tarish mashqida qozog`istonlik Arli Chontey 118 kg toshni o`ziga bo`ysundirgan holda kichik oltin medalga sazovor bo`ldi. Ushbu yo`nalishda Tailand vakili Tada Sambonuan 115 kg natija bilan 2-o`rinni egalladi.
Siltab ko`tarish mashqlari esa o`ta murosasiz kechdi. Mazkur yo`nalishda Qozog`iston va Tailand vakillari o`rtasidagi bahsga bolgariyalik Angel Rusev ham qo`shildi. Yakunda aynan bulg`or sportchisi 144 kg natija bilan eng yaxshi ko`rsatkichni qayd etdi.
Biroq, Rusev dast ko`tarish mashqida ancha past natija qayd etganligi bois ikkikurashda bor-yo`g`i 3-o`rinni egalladi va katta bronza medaliga loyiq ko`rildi.
Og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati.
Erkaklar, -55 kg:
1. Arli Chontey (Qozog`iston) – 260 kg (118+142)
2. Tada Sambonuan (Tailand) – 256 kg (115+141)
3. Angel Rusev (Bolgariya) – 254 kg (110+144)
Musobaqa ertaga davom etmoqda.






