AsosiyJamiyat

O`zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'O`zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi haftaning ikkinchi yarmi, 9-12 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra:

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, 9-10 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 11 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. 12 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi

7-12° iliq; 10-12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliqgacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 9-10 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 11 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. 12 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;

11 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan

7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat

9-10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18° iliq; 11 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 12 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan

7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-10 dekabrda 15-20° iliq; 11-12 dekabrda 11-16° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-11 dekabrda 8-13° iliq;

12 dekabrda 5-10° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba`zi joylarda qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan

7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 9-10 dekabrda 5-10° iliq; 11-12 dekabrda 0-5° iliqgacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar