AsosiyJamiyat

O`zbekistonda fransuz tilini o`qitishni yangi bosqichga olib chiqish harakatlari boshlandi

'O`zbekistonda fransuz tilini o`qitishni yangi bosqichga olib chiqish harakatlari boshlandi'ning rasmi

Respublika ta`lim markazida Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda O`zbekistonda fransuz tilini o`qitishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Respublika ta`lim markazi mutaxassislari, Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasining mintaqaviy hamkorlik bo`yicha attashesi Serj Bellini, Filologiya va madaniyatlarni o`qitish bo`yicha Yangi Sorbona universitetining faxriy professori, tillarni chet tili sifatida o`qitish bo`yicha xalqaro ekspert Jan Klod Beakko ishtirok etdi, deya xabar bermoqda markaz.

Qayd etilishicha, O`zbekistonda 2019 yilda 1187 ta maktabda fransuz tili o`qitilgan. Biroq bugunga kelib esa bu maktablar soni sezilarli darajada qisqargan. Fransuz tilining chet tili sifatidagi obro`sini tiklash maqsadida tashkil etilgan bu seminarda fransuz tilini chet tili sifatida o`qitish uchun o`quv dasturi ishlab chiqish, Fransuz tili darsliklarini mintaqamiz madaniyatiga moslashtirgan holda takomillashtirish masalasi ko`rib chiqilgag.

Shuningdek, tillarni chet tili sifatida o`qitish bo`yicha xalqaro ekspert Jan Klod Beakko o`zbek tilini chet tili sifatida CEFR tizimida o`qitishni joriy qilish uchun amalga oshirilayotgan tadqiqot va tajribalarda ham o`zining mutaxassis sifatidagi yordamini ayamasligini bildirgan.

 Seminar davomida Fransiya vakillari bilan ta`limdagi islohotlar uchun doimiy hamkorlikni yo`lga qo`yishga kelishib olingan.

    Boshqa yangiliklar