AsosiySiyosat

Mirziyoev BMTning maxsus ma`ruzachisi bilan uchrashdi

'Mirziyoev BMTning maxsus ma`ruzachisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev BMT terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rag`batlantirish va himoya qilish bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynni qabul qildi.

Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda inson huquqlari sohasida, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurash borasidagi dolzarb kun tartibi yuzasidan muloqotni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqilgan.

Hamkorlik samarali tus olgani, O`zbekiston ushbu muhim yo`nalishlarda katta muvaffaqiyatlarga erishgani ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar