AsosiyJamiyat

Ombudsman instituti fuqarolar va davlat idoralari o`rtasidagi ko`prik — Per Fon Arks

'Ombudsman instituti fuqarolar va davlat idoralari o`rtasidagi ko`prik — Per Fon Arks'ning rasmi

Joriy yilning 6 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman), Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag`ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash hamda himoya qilishda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Qayd etilishicha, tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolari, Oliy sud, Ombudsman huzuridagi huzuridagi Insonning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo`yicha komissiyasi a`zolari, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishgan.

Davra suhbatida nutq so`zlagan EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Per Fon Arks Ombudsman institutini fuqarolar va davlat idoralari o`rtasidagi ko`prik, uning ustunlari esa Inson huquqlari bo`yicha vakilning huquqiy asosidir deya ta`riflagan.

"Fuqarolar ko`prikning mustahkam ekanligiga  ishonch hosil qilsagina undan o`tadi. Demak, Ombudsmanning huquqiy asosi qanchalik mustahkam bo`lsa, unga fuqaroning ishonchi shuncha ortadi.  Shu o`rinda ushbu qonun loyihasining xalqaro standartlarga mos ekanligi masalasi ham juda muhim. Biz bu borada 1993 yilda qabul qilingan Parij tamoyillariga tayanamiz. EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori mazkur qonun loyihasining mustahkam va barqaror bo`lishi tarafdorimiz va bu borada hamkorlik qilishga tayyormiz",- deydi Per Fon.

    Boshqa yangiliklar