️O`zbekiston Respublikasi Prezidentiniing 2021 yil 7 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini takomillashtirishning qo`shimcha choralari haqida” PQ-00-son qarori imzolandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Unga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi. Jamg`arma hisobidan quyidagilar amalga oshiriladi:
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta`minlashga oid materiallarni tayyorlash;
- NNTlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta`minlashga qaratilgan loyihalariga grantlar ajratish, bu borada o`tkaziladigan tadqiqotlar, ijtimoiy so`rovlarni moliyalashtirish;
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi mavzusida konferensiya, seminar, simpozium, treninglar o`tkazish hamda broshyura, buklet, kitob, to`plam va boshqa axborot-ma`rifiy materiallarni tayyorlash va nashr etish, sohada o`quv-namoyish uchastkalarini yaratish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan xorijda oshirish;
- fuqarolarning korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan Agentlikning “Call-markaz” faoliyatini moliyalashtirish va boshqalar.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.






