AsosiyJamiyat

Senat 1117 ta qonun hujjatlari buzilish holatlarini aniqladi

'Senat 1117 ta qonun hujjatlari buzilish holatlarini aniqladi'ning rasmi

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi a`zosi M.G`anieva tomonidan Andijon viloyati Adliya boshqarmasining Andijon shahar va Xo`jaobod tumanlarida 2021 yil o`tgan davri davomida davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyoti sohasida qilingan ishlar yuzasidan o`rganish olib borilgan.

O`rganish natijalariga ko`ra,  1117 ta qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlanib, tashkilotlarga 55 ta taqdimnoma, tashkilot va muassasalar mansabdor shaxslariga 171 ta ogohnoma, mansabdor shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortishni so`rab vakolatli organlarga 13 ta taklif kiritilgan. Natijada 12 nafar mansabdor shaxs ma`muriy javobgarlikka, 32 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (shundan 11 nafari bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi). Taqdimnoma asosida 123 193 470 so`mdan ortiq mablag` to`lab berilishi ta`minlangan. 2 ta noqonuniy hujjat bekor qilinib, 2 ta qaror sud tarbida haqiqiy emas deb topilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash sohasini o`rganish maqsadida 33 ta normativ-huquqiy hujjat tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko`ra, qonun hujjatlarida mavjud muammo bo`yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid 21 ta taklif ishlab chiqilib, adliya boshqarmasiga yuborilgan.

Bo`lim tomonidan o`tgan davrda inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 26 ta 333 874 669 so`mdan ortiq ish haqi va boshqa to`lovlar undirish yuzasidan sudlarga ariza va da`volar kiritilgan. Ushbu da`vo va arizalar ko`rib chiqilib, sud hujjati asosida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 283 mln. so`mdan ortiq pul mablag` undirib berilgan.

Bundan tashqari, senator M.G`anieva Xo`jaobod tuman adliya bo`limi faoliyatida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, huquqni qo`llash amaliyoti holatini o`rgandi.

Hisobot davrida Xo`jaobod tuman adliya bo`limi tomonidan 13 ta o`rganisho`tkazilib, o`rganish o`tkazilgan tashkilotlar soni 84 tani tashkil etgan. Aniqlangan qonun buzilish holatlari soni jami 1073 tani, shundan hokimlikda 84 tani, ijtimoiy ta`minot sohasida 26 tani, ta`lim muassasalarida 251 tani, sog`liqni saqlash muassasalarida 75 tani, kommunal xizmat ko`rsatuvchi idoralarda 15 tani va boshqa tashkilotlarda 287 tani tashkil qilgan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 67 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarning 4 tasi hokimlik, 1 tasi aholi bandligiga ko`maklashish markazi, 47 tasi ta`lim muassasalari, 3 tasi sog`liqni saqlash muassasalariga kiritilgan. Taqdimnomalar muhokamasi natijalariga ko`ra, 21 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Taqdimnoma asosida 132 mln 874 ming 132 so`m to`lab berilishi ta`minlandi. Ma`muriy javobgarlikka tortishni so`rab 31 ta taklifkiritilib, 31 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilgan. 126 ta tashkilot va muassasalar mansabdor shaxslariga qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`ymaslik yuzasidan ogohnoma yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar