AsosiyJamiyat

6 ta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi vaqtincha to`xtatildi

'6 ta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 7 dekabrdagi tegishli qarorlari bilan vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag`larni zaxira sifatida to`ldirmagani sababli ayrim xususiy bandlik agentliklarining lisenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Unga ko`ra:

1. “Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi” MChJ;

2. “Reiwa xususiy bandlik agentligi” MChJ;

3. “Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi” MChJ;

4. “Priority international xususiy bandlik agentligi” MChJ;

5. “Specialist group xususiy bandlik agentligi” MChJ;

6. “Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi” MChJlaring lisenziyalari to`xtatildi. 

    Boshqa yangiliklar