2021 yil 21 noyabrdan 22 noyabrga o`tar kechasi noma`lum shaxs Andijon shahri Boburshoh ko`chasida joylashgan 45 yoshli I.S.,ga tegishli tilla va kumush buyumlar sotiladigan do`konga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur do`kondan 70.000.000 so`mlik kumush buyumlarni, 150 AQSh dollariga teng bo`lgan choyshablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli “barsetka”ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan xavfli residivist bo`lmish 18 yoshli I.M. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan I.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u, gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






