Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8 dekabr — O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun va respublika bo`yicha hammaga dam olish kuni etib belgilangan. Shunga ko`ra, bugun turli tashkilot va idoralardan faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy huquqi bor hisoblanadi.






