AsosiyJamiyat

Shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari yil boshidan beri o`rtacha 9% ga oshgan

'Shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari yil boshidan beri o`rtacha 9% ga oshgan'ning rasmi

 O`zbekistonda noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari oktyabr oyiga nisbatan o`rtacha 0,4 % ga qimmatlashgan. 

Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi matbuot xizmati rahbari ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o`rtacha 9,4 % ga qimmatlashgan.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 10 oyda 773 dona, oktyabr oyida 77 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Boshqa yangiliklar