AsosiySiyosat

O`zbekiston-Qozog`iston bojxona sohasida muhim bitim imzolandi

'O`zbekiston-Qozog`iston bojxona sohasida muhim bitim imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikkala mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mazkur tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning turli sohalariga doir 22 ta hujjat imzolandi, deya xabar bermoqda O`zbekiston bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat bojxona xizmatlari rahbarlari energiya resurlarini o`zbek-qozoq bojxona chegarasidan  olib o`tilishida birgalikda bojxona nazoratidan o`tkazish to`g`risida Bitimni imzolashgan.

Mazkur kelishuv bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o`tiladigan energoresurslarning bojxona nazoratini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi aytiladi.

"Bitimga muvofiq 7 ta gaz va 6 ta elektr energiyasini o`tkazish nuqtalarida hamkorlikda nazorat olib borilishi ko`zda tutilmoqda. Shu boisdan tomonlar imzolagan bitim O`zbekiston va Qozog`iston davlat chegaralari orqali quvur transportida va elektr uzatish tarmoqlari orqali gaz va eletr energiyasining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida shaffoflikni va samarali bojxona nazoratini, statistik ma`lumotlarning birxilligini ta`minlash hamda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida yanada qulaylik va engilliklar yaratishga xizmat qiladi",-deya ma`lum qilinadi xabarda.

Endilikda bojxona organlari bir-birlariga bojxona yuk deklarasiyalari va energiya resurslarini bojxona nazorati bo`yicha yordam ko`rsatadilar, shu jumladan bojxona organlari xodimlarini bojxona deklarasiyalari va energiya resurslarini bojxona nazorati bo`yicha o`qitish va malakasini oshirishda amaliy yordam beradilar.

    Boshqa yangiliklar