AsosiyJamiyat

Dekabrda Rossiyadan O`zbekistonga maxsus yo`lovchi poezdi qatnovi amalga oshiriladi

'Dekabrda Rossiyadan O`zbekistonga maxsus yo`lovchi poezdi qatnovi amalga oshiriladi'ning rasmi

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan o`zbekistonliklarni mamlakatga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” yati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishida 483-sonli maxsus yo`lovchi poezdining 8 marotaba qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 4 dekabr kuni soat 20:57 da “Voljskiy” temir yo`l vokzalidan ushbu poezdning birinchi reysi qatnovi boshlangan bo`lsa, qolgan reyslari 6, 10, 13,17, 20, 24, 27 dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.  

Mazkur poezdga faqat bir tomonga, ya`ni “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo`lga qo`yilgan. Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O`zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo`natishlari ham mumkin.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar